Professional Kompyuter Yig’ish
JahonStudio dagi texnik ustalari istalgan qiyinlikdagi kompyuterni, o’yinlar, loyihalashtirish yoki video montaj uchun yig’ib berishadilar. O’zbekistondagi turli qiyinlikdagi loyihalar bilan ishlash malakasiga egamiz. Kompyuter uchun eng yaxshi komponentlar va dasturiy ta’minotlar ishlatiladi.
Konfiguratsiyani Qanday Tanlash Kerak?
Yangi kompyuter yig’yapgandagi eng qiyin masalalardan biri – bu komponentlar topish va tanlash. Agar siz o’z ishi ustasi bo’lsangiz, va qanday komponentlar qo’yishni bilasngiz, o’z tanlovlaringizni, buyurtma berayotganda aytib o’tishingiz mumkin. Agarda komponent tanlashga qiynalyapgan bo’lsangiz, yoki bunday narsalar bilan bezovta bo’lishni istamasangiz, bu masalani JahonStudio dagi ustalarga qoldirishingiz mumkin. Shu va boshqa masalalar yoki savollarni mutaxasislar bilan muhokama qilish uchun, hoziroq biz bilan hoziroq sizga qulay bo’lgan yo’l bilan bog’laning!
Qancha Vaqtda Tayyor Bo’ladi?
Barcha detallar muhokama qilingandan so’ng, buyurtmangiz yig’ilishga yuboriladi. Sodda kompyuter yig’ish odatda 4-5 kun oladi. Agar siz suvli sovutish sistemasini o’rnatishni, korpusni bo’yashni, korpusni LED chiroqlar bilan bezashni istasangiz yoki super-kompyuter buyurtma qilgan bo’lsangiz, ish vaqti bir oygacha ham cho’zilishi mumkin. Batafsil ma’lumotni bizning menedjerlarimiz buyurtma qabul qilingandan so’ng aytib o’tishadi.

Kompyuter Yig’ish Jarayoni
Kompyuter yig’ish jarayoni bilan malakali injenerlar shug’ullanishadilar va bu jarayon o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- komponentlarni, o’rnatishdan avval tekshirish
- komponentlarni o’rnatish, sim va kabellarni tarash va ulash
- tekshirish, ishlash barqarorligini nazorat qilish
Agar operatsion tizim o’rnatuvi buyurtma ichiga kiritilgan bo’lsa, ish ohirida mutaxassis barchasini o’rnatadi va tekshiradi. Ish yakunlangach, kompyuter ishlatishga butunlay tayyor bo’ladi.
Yetkazib Berish
Tayyor kompyuterni bizning ofisimizdan olib ketishingiz mumkin. Kelishdan avval, buyurtmangiz tayyorligiga amin bo’ling.
JahonStudio, Toshkent boýlab yetkazib berish xizmatini mutlaqo tekin taqdim etadi.
Boshqa shaharlarga va viloyatlarga yetkazib berish bilan bizning hankorlarimiz shug’ullanishadi.

Bog’lanish
Savollaringiz bormi? Narh va Harakteristikalarni muhokama qilmoqchimisiz? Biz bilan bog’laning!
Telefonlar:
+998 90 963 46 23
+998 91 133 46 23
Telegram:
@jsfeedback