Mustaqil logotip yaratish uchun 5ta maslahat

Siz chiroyli logotip istayapsiz, lekin dizaynerga pul to’lashga tayyor emasmisiz? Balki biznesingiz endi ko’tarilyapgandir. Siz kichik biznes egasisiz, lekin oldinda katta yo’l borligini va ish bozorida unikal brend zarurligini bilasiz. Logotip – bu kompaniya mashxurligini yaratuvchi birinchi asbob. Hozir ushbu sahifani o’qyapgan qurulmangizda ham logotip borligiga aminmiz.

Kompaniyangizni “ko’zga yaqin” qilish uchun, ijimoiy tarmoqlarda brend yaratishga, unikal banner va reklamaga ega bo’lish uchun logotip zarur. Quyida qanday qilib mustaqil logotip yaratish haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Logotip yaratish va uni marketing maqsadlarida ishlatish har qanday kompaniya uchun muhim qadamdir.

Esda qoladigan va jalb qiluvchi logotip yaratish bo’yicha 5ta maslahat

  1. Unikal bo’lishga harakat qiling. Sizni biznes raqiblaringizdan ajratish oson bo’lishi kerak. Aks holda, sizni raqibingiz nusxasi deb o’ylashadi.

2. Ranglarga e’tibor bering. Rangli logotiplar e’tibor jalb qilishi hammaga ma’lum. Logotip turli ranglardan iborat bo’lishi shart emas, lekin turli rang spektrlarida bo’lishi zarur. Rangli, oq va qora.


3. Sodda logotip yaxshiroq esda qoladi. Mashxur kompaniya logotiplarini eslang: BMW, Google, Yandex. Ular ancha sodda va mijoz bir nazardan so’ng, qog’ozda chizib berishi ham mumkin.

Sodda Logotip vs Qiyin Logotip

4. Logotipingiz mahsulotlarda, bannerlarda, vizit kartalarda qanday ko’rinishini ham nazarda tuting.

Yaxshi Logotip Misoli


5. Tekshiring. Bir nechta logotip variantlarini yarating va tanishlaringizdan fikrligisini so’rang.

Yomon Logotip Misoli

Qanday qilib mustaqil yaratish?

Logotipni mustaqil yaratishni turli yo’llari mavjud. Hozirgi paytda internetda turli onlayn servislar bor – kompaniyangiz yo’nalishi yoki nomiga qarab, minglab logotiplardan tanlashingiz mumkin. Lekin ushbu usulni katta minusi – logotip unikal bo’lmaydi. Yaani, o’sha saytdan olgan logotipni siz muvaffaqiyatli rasmiylashirisha olmasligingiz mumkin.

Ko’p boshlovchi tadbirkorlar, logotipga katta urg’u berishmaydi, axir kegin bemalol o’zgartirish mumkin-ku! Lekin bu rost emas. Logotip almashtirishga va eski logotipni mijozlaringiz unutishiga juda ko’p vaqt ketadi.

Shuning uchun, logotip yaratyapganda, kelajakni o’ylash kerak.

Onlayn Servislarni Kamchiliklari:

  1. Logotip hech qachon “sizniki” bo’lmaydi. Yaani, o’sha onlayn servis logotipingizga barcha huquqga ega bo’ladi. Bu degani logotipni rasmiylashtirish va ishlatish juda qiyin bo’ladi, yoki umuman o’xshamaydi.
  2. Logotipni boshqa dizaynlarda ishlatish qiyin bo’ladi. Onlayn servislardan olingan logotip katta hajmga ega bo’lmagani uchun, katta banner va mahsulotlarda ishlatish qiyin bo’lishi mumkin. Masalan: JahonStudio da logotip yaratilganda, logotip 3ta ko’rinishda (rangli, oq, qora) va 4ta turda (PNG rasm, PDF fayl, PSD photshop format va AI vektor format) topshiriladi. Bu degani logotip, kattalashtirilganda, sifat yo’qotmaydi.
  3. Unikal Stilga ega bo’lmaysiz. Internetdan olingan logotipga qo’shib, hech qanday dizaynlar berilmaydi. Bu degani, sizning firma mahsulotlaringiz: vizit karta, flayer, banner, ijtimoiy tarmoqlar sizning logotipingizga mos dizaynga ega bo’lmaydi. Masalan, JahonStudio brend yaratyapganda, kamida 3ta mahsulot dizayni qo’shib yaratiladi. Quyida bizning so’ngi yaratgan brendimiz misoli:

Logotip Yaratishni eng Arzon Usuli

Logotip yaratish qimmat xizmat emas. Qancha vaqt ishlatishingiz va qancha mijozlarni jalb qilishingizni hisobga olganda – arzimagan pul.

JahonStudio, yosh kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash niyyatida, logotipni eng arzon narxga yaratadi.

Agar logotip g’oyasi, yoki qoralama chizmasiga ega bo’lsangiz – 50% arzonga yaratiladi. Shuning uchun, maksimal darajada pulni tejash uchun, o’zingiz ham izlaning va kompaniyangizga mos logotip g’oyasini toping. Shu holda 1-2 kunda professional yaratilgan, mutlaqo unikal logotipga ega bo’lasiz.

Hoziroq biz bilan bog’laning va barcha savollaringizga javob oling. Loyihalarimiz bo’limida biz yaratgan dizaynlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Hurmat bilan JahonStudio jamoasi

Comments

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *